|
Axborot texnologiyalari haftaligi: strategiya va rivojlanish |
|
|
|
|
08.09.2010 |
|
Mamlakatimizda har yili sentabr oyining oxirida “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligi – INFOCOM” bo‘lib o‘tadi. Haftalik doirasida sohani rivojlantirishga qaratilgan hamda mutaxassislar va ko‘p sonli AKTdan foydalanuvchilar uchun birdek qiziqarli qator tadbirlar tashkil etiladi.
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo‘yicha milliy sammit – AKT-2010 “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligi – INFOCOM-2010” doirasidagi muhim tadbirlardan biridir.
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo‘yicha sakkizinchi milliy sammit Kompyuterlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengash, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qo‘mitasi, O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi, BMT Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi “O‘zbekiston Respublikasi hukumatiga mamlakat rivojlanishi uchun axborot-kommunikatsiya texnologiyalari siyosatini shakllantirish va joriy etishda ko‘maklashish” loyihasi (ICTP), O‘zbekistonda IT-kompaniyalar va tashkilotlar uyushmasi tomonidan tashkil etiladi.
|
|
batafsil
|
|
|
Internet-festivalga marhamat! |
|
|
|
|
06.09.2010 |
|
Mamlakatimizda 5 avgust kuni UZ-2010 milliy domeni internet-festivali boshlandi. Tadbir «O‘zbekiston madaniyati va san’ati forumi» jamg‘armasi, «Kelajak ovozi» yoshlar tashabbuslari markazi, “UZINFOCOM” kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish va joriy etish markazi hamda “Mirada Softwarye” kompaniyasi tomonidan tashkil etildi. O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi hamda O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi festivalning rasmiy ko‘makchilari hisoblanadi.
Festival ochilishi munosabati bilan o‘tkazilgan matbuot anjumanida mamlakatimizda internet-festivallar 2001 yildan buyon o‘tkazib kelinayotgani ta’kidlandi. 2007 yildan mamlakat domeni resurslarini rivojlantirish maqsadida UZ milliy domeni internet-festivallari o‘tkazilmoqda. Ayni paytgacha internet-festivallar ikki yilda bir marotaba tashkil etilayotgan edi.
O‘zbekistonda bugungi kunda qariyb 3 million kishi Internetdan foydalanmoqda. Ikkinchi darajali UZ milliy domeni 1995 yil 29 aprelda tashkil etilgan. 2010 yilning 5 avgust holatiga ko‘ra, faqat ikkinchi darajali UZ milliy domeni hududidagi faol domenlar soni 10500 dan ortadi. Shu bilan birga UZ domeniga taalluqli uchinchi darajali yana bir necha ming domenlar ham mavjud.
|
|
batafsil
|
|
Raqamli teleko‘rsatuvlar uchun tyunerlar |
|
|
|
|
03.09.2010 |
|
Mustaqillik bayrami arafasida “Navoiy” erkin industrial-iqtisodiy zonasida raqamli televizion tyunerlar ishlab chiqaradigan yangi zavod foydalanishga topshirildi.
Prezidentimizning 2009 yil 12 martda qabul qilingan “2009-2014 yillarda ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnikaviy va texnologik qayta jihozlash bo‘yicha eng muhim loyihalarni amalga oshirish chora-tadbirlari Dasturi to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, raqamli televideniye uchun ushbu qabul qilish moslamasini yig‘ish (set-top-box) bo‘yicha investitsiya loyihasi O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi tomonidan amalga oshirildi.
Raqamli teleko‘rsatuvlarga o‘tish jarayonida mamlakatimiz aholisini shu turdagi tyunerlarga bo‘lgan talabini qondirish uchun “Servetechno PTE LTD” (Singapur) kompaniyasi, “O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi va “Telmax Elektroniks” (O‘zbekiston) mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan “Navoiy” erkin industrial-iqtisodiy zonasi hududida “Telecom Innovations” mas’uliyati cheklangan jamiyati shaklida raqamli qabul qilish moslamalarini yig‘ish bo‘yicha qo‘shma korxona tashkil etildi.
|
|
batafsil
|
|
Maqsadimiz – yoshlarimiz qalbida buyuk kelajakka intilib yashash tuyg‘usini mustahkamlashdan iborat |
|
|
|
|
02.09.2010 |
|

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 29 avgust kuni istiqlolimizning o‘n to‘qqiz yilligi arafasida poytaxtimizda qurib bitkazilgan ta’lim muassasalari bilan tanishdi.
Mustaqilligimizning har bir yili yurtimiz tarixi sahifalariga ulkan bunyodkorlik, yuksak muvaffaqiyatlar yili sifatida zarhal harflar bilan bitilmoqda. Shahar va qishloqlarimizda barpo etilayotgan zamonaviy ta’lim, madaniyat, san’at, tibbiyot muassasalari, korxonalar, uy-joylar, ravon yo‘llar va ko‘priklarni ko‘rgan ko‘z quvnaydi, yurakda faxr-iftixor hissi ortadi.
Mamlakatimizda istiqlolning ilk yillaridan barkamol avlodni tarbiyalash masalasi davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. Farzandlarimiz barkamol, zamonaviy bilimlarni puxta egallagan, buyuk ajdodlarimizning munosib vorislari bo‘lib voyaga yetishi yo‘lida doimiy e’tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatib kelinmoqda.
|
|
batafsil
|
|
Fotogalereya: O‘zbekiston – milliy hunarmandchilik ravnaqi |
|
|
|
|
28.08.2010 |
|
Mamlakatimizda mustaqillikning dastlabki yillaridan qadimiy hunarmandchilik an’analarini tiklash va rivojlantirish, usta va hunarmandlar mehnatini munosib rag‘batlantirish hamda ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Joylarda “Usta-shogird” maktablari tashkil etilib, yoshlarga noyob hunarlarni o‘rgatish yo‘lga qo‘yildi. Mohir usta, qo‘li gul hunarmandlarimizning san’at asari darajasida tayyorlagan mahsulotlari xalqaro ko‘rgazmalarda muvaffaqiyatli namoyish etilmoqda.
|
|
batafsil
|
|
|
|
|
|
|
sahifa 1 / 44 |